Premium daily nutrition · Toshkent

Aqlli ovqatlanish.
Har kuni.

Toshkentda toʻgʻri ovqatlanish yetkazib berish — kaloriyasi hisoblangan kunlik ratsionlar

Kechasi tayyorlaymiz, ertalabgacha yetkazamiz. Har bir taomning tarkibi, kaloriyasi va OYU koʻrsatkichlari aniq. Sizga faqat idishni ochish qoladi.

Qaysi dastur mos kelishini bilmaysizmi? 1 daqiqalik testdan oʻting 

kuniga 215 000 soʻmdan

Qanday ishlaydi

  1. 01

    Dasturni tanlang

    Maqsadingiz va kaloriyangizga mos. Ishonchingiz komil boʻlmasa — tanlashga yordam beramiz.

  2. 02

    Kechasi tayyorlaymiz

    Yangi mahsulotlar, aniq grammlar va tekshirilgan koʻrsatkichlar.

  3. 03

    Ertalab eshigingiz oldida

    Bir kunlik toʻplam firma paketida. Isiting va tanovul qiling.

Ovqatlanish dasturlari

Bitta tizim, uchta dastur. Kaloriya darajasi har bir dastur ichida tanlanadi.

  • TAOMIQ

    LIGHT

    Kaloriya nazorati

    Vaznni xotirjam va ochlik hissisiz kamaytirish uchun yengil, toʻyimli ratsion.

    Kaloriya

    1200 kkal1500 kkal

    kuniga 215 000 soʻmdan

  • TAOMIQ

    BALANCE

    Kundalik muvozanat

    Har kungi hayot uchun muvozanatli ovqatlanish: bozor, oshxona va hisob-kitobsiz.

    Kaloriya

    1800 kkal2200 kkal

    kuniga 255 000 soʻmdan

  • TAOMIQ

    PROTEIN

    Yuqori oqsilli ratsion

    Mashgʻulot qiluvchilar uchun: har bir mahalda koʻproq oqsil, aniq koʻrsatkichlar.

    Kaloriya

    2000 kkal2500 kkal

    kuniga 295 000 soʻmdan

30 kunlik buyurtmada bir kunlik narx

TAOMIQ BALANCE / 1800

Bugungi menyu

30 kunlik toʻliq menyu

Bu kunning menyusi tayyorlanmoqda. Tez orada shu yerda paydo boʻladi.

Narxga kiritilgan

  • Har kuni ertalab yetkazib berish, haftada 7 kun
  • Taomni almashtirish va uchtagacha masalliqni chiqarib tashlash
  • Toʻlangan kunlarni yoʻqotmasdan pauza va koʻchirish
  • Saytdagi narx toʻlovdagi narx bilan bir xil

Koʻp soʻraladigan savollar

Ratsion qachon yetkaziladi?

Har kuni ertalab, siz tanlagan ikki soatlik oraliqda. Bir kun oldin kechqurun eslatib qoʻyamiz.

Ovqatlanishni pauzaga qoʻysa boʻladimi?

Ha. Toʻlangan kunlar kuymaydi — ularni oʻzingizga qulay sanalarga koʻchirasiz.

Taomlar halolmi?

Ha. Choʻchqa goʻshti va alkogol ishlatmaymiz, mahsulotlarni ishonchli yetkazib beruvchilardan olamiz.

Kaloriyani qanday tanlash kerak?

Saytdagi kalkulyatordan foydalaning: u boʻy, vazn, yosh va faollik boʻyicha kunlik meʼyorni baholab, mos ratsionni koʻrsatadi. Ikkilansangiz — bizga yozing, tanlashga yordam beramiz.

Qanday toʻlash mumkin?

Saytda buyurtma bering — menejer siz bilan bogʻlanib, buyurtmani tasdiqlaydi va qanday toʻlashni aytadi. Payme va Click orqali onlayn toʻlov ulanmoqda.

Barcha savollar

Muhim ishlar uchun koʻproq vaqt

Hayot ritmingizga mos ovqatlanish. Ikki sinov kunidan boshlang.

kuniga 215 000 soʻmdan

Ratsion tanlash